
Shohasan Mirzamatovning o‘rniga boshqa bir hamyurtimiz jang qiladi
Taniqli MMA jangchimiz Shohasan Mirzamatov bundan bir necha kun oldin avtohalokatga uchraganpini ma’lum qilgandik. Shundan so‘ng, uning "Octagon 70" turniridagi jangi bekor qilingandi.
Biroq bugun Liga Shohasanning o‘rniga kim jang qilishi bo‘yicha xabar berdi. Unga ko‘ra, 23 fevral kuni Kichiginga boshqa bir vakilimiz Saidotaxon Nuriddinov raqiblik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Georgiy Kichigin faoliyati davomida 41 ta jang o‘tkazib, 31 ta g‘alaba va 10 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Saidotaxon Nuriddinov hisobida esa 6 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat mavjud.
Fikrlar