Shodiyona Rahmonova 2-medalini qo‘lga kiritdi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Bahrayn davlatining Manama shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi III yoshlar Osiyo o‘yinlari kompleks musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
Umidli engil atletikachilarimizdan biri Shodiyona Rahmonova 2-medalini qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz hozirgina yakunlangan 400 metrga to‘siqlar osha yugurish dasturida bronza medali sohibiga aylandi. Eslatib o‘tamiz, Rahmonova shu yo‘nalishda 100 metrga kechgan bellashuvlarda ham marra chizig‘ini 3-bo‘lib kesib o‘tgan edi.
Bu haqda MOQ xabar bermoqda.



Fikrlar