Sheshko transferi uchun APL klubidan yaxshi taklif kelib tushdi

  • 2 avgust, 17:14
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nyukasl" "Leyptsig"ga 22 yoshli hujumchi Benyamin Sheshko transferi bo‘yicha taklif bilan chiqdi. "Qarg‘alar" 75 million evroni qat’iy belgilangan miqdorda va yana 5 million evroni bonuslar sifatida to‘lashga tayyor. Bu haqda jurnalist David Ornshteyn X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, bu summa nemis klubi so‘rayotgan summaga yaqin. Ta’kidlanishicha, "qarg‘alar"ga "Manchester Yunayted" raqobatchi bo‘lishi mumkin.

O‘tgan mavsumda Sheshko barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 70 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!