
Sheshko: "Mening kumirim – Zlatan Ibragimovich"
Yangi mavsumni "Manchester Yunayted" safida boshlayotgan sloveniyalik forvard Benyamin Sheshko o‘z futbol kumirlari haqida gapirdi. U "Leyptsig"dan "qizil iblislar"ga 76,5+8,5 million evro evaziga ko‘chib o‘tdi.
"U bolaligimdan men uchun namuna bo‘lgan. "YouTube"dan u haqda topa olgan har bir videoni ko‘rardim, chunki u ajoyib. Biz xarakteri bilan turlichamiz, ammo uning o‘yini, futboldan zavq olishini kuzatish menga yoqadi. Agar siz futbolni yaxshi ko‘rsangiz, hammasi o‘xshaydi.
Forvard, shuningdek, Robin van Persi va Ueyn Runi nomlarini ham tilga oldi:
"Ular ham ajoyib futbolchilar edi, albatta ulardan o‘rnak olish mumkin. Men ham jamoaga yordam berishga va klubni imkoni boricha yuqoriga olib chiqishga harakat qilaman", - deya javob berib o‘tdi manchesterliklarning yangi yulduzi.
Eslatib o‘tamiz, MYu APLning ilk turini 17 avgust kuni soat 20:30 dan boshlab "Arsenal"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar