
Shensni: "Kelgusi haftalarda yakuniy javobimni aytaman"
"Barselona" va Voytsex Shensni o‘rtasidagi shartnoma uzaytirilishi mumkin. Bu haqda 35 yoshli darvozabonning o‘zi ma’lum qildi.
- Yashirmayman, menga ikki yilga yangi shartnoma imzolashni taklif qilishdi. Biroq, men buni oilam bilan muhokama qilishim kerak - qaysi yo‘l biz uchun ma’qulroq bo‘lishini.
Men buni oilam, rafiqam uchun va birgalikda qaror qabul qilishimiz lozim. Hozircha yakuniy qaror yo‘q.
Uydagi aksariyat qarorlarni rafiqam qabul qiladi va men bundan sira uyalmayman.
Futbolga oid qarorlarni o‘zim qabul qilaman, ammo bu juda g‘alati vaziyat, sababi biz bu erga faqatgina bir yilga kelishga, orzularimizni ro‘yobga chiqarishga va keyin qaytib, golf o‘ynashga qat’iy ahd qilgan edik.
Men kelgusi bir necha hafta ichida qaror qabul qilaman. Tashkiliy masalalar, o‘qish, ko‘chish va boshqa shu kabi jihatlar bor. Hozircha sodir bo‘layotgan voqealardan zavqlanyapman va bu erda qolish yoki qolmasligim haqida bosh qotirayotganim yo‘q, - dedi polshalik posbon.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda darvozabon La Ligada 14 ta o‘yin o‘tkazib, shundan ettitasida darvoza daxlsizligini quruq saqladi.
Fikrlar