
Shaxmatchilarimiz "FIDE jahon kubogi"da o‘z ishtirokini boshladi
Xabar berib o‘tganimizdek, Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli turnir - "FIDE jahon kubogi" start oldi.
30 iyuldan 24 avgustgacha bo‘ladigan musobaqada O‘zbekiston nomidan Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev, Shamsiddin Vohidov hamda Nilufar Yakubboeva ishtirok etmoqda.
Nodirbek Abdusattorov yuqori reytingi sababli 1-bosqichda qatnashmaydi, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/64 finalga chiqdi.
Birinchi raundning ilk o‘yinlarida Javohir Sindorov (oq) hamda Nodirbek Yakubboev (qora) 1-o‘yinda qariblari ustidan g‘alaba qozongan qozongan bo‘lsa, Shamsiddin Vohidov (oq) hamda Nilufar Yakubboeva (qora) durang o‘ynadi.
Bugun, 31 iyul kuni ular birinchi raundning 2-o‘yinida dona suradi. Agarda 2 o‘yin natijalariga ko‘ra kuchlar teng kelsa, navbatdagi kunda qo‘shimcha tay-brek bahslari bo‘lib o‘tadi. Mag‘lub bo‘lgan shaxmatchilar musobaqani tark etadi.
Eslatib o‘tamiz, jahon kubogida 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan shaxmatchilar 2024 yilda jahon toji uchun da’vogarni aniqlovchi saralash turniriga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Fikrlar