Shaxmat. Oliy liga bahslariga rekord darajada mukofot jamg‘armasi qo‘yildi!

  • 17 aprel, 2024, 10:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

19 aprel kuni shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati Oliy liga bahslari boshlanadi. 2 mayga qadar davom etadigan ushbu musobaqaning bu galgi sovrin jamg‘armasi rekord – 75 ming AQSh dollari etib belgilandi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, musobaqada 24 nafar erkak va 18 nafar ayol shaxmatchilar bahs olib boradi. Ishtirokchilar orasida Javohir Sindarov, Jahongir Vohidov, Shamsiddin Vohidov, Nodirbek Yoqubboev, Umida Omonova, Nodira Nodirjonova hamda Nilufar Yoqubboeva kabi yurtimizning mashhur shaxmatchilari dona suradi.

Quyida musobaqa ishtirokchilarining to‘liq ro‘yxati bilan tanishib olishingiz mumkin>>>

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!