
Shaxmat bo‘yicha jahon kubogida ishtirokini davom ettiradigan yagona vakilimiz Javohir Sindarov 3-tur bahslarini boshlaydi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida shaxmat bo‘yicha jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Kecha o‘tkaziladigan 2-turning tay-brek bellashuvlarida hamyurtimiz Javohir Sindarov avstriyalik Markus Raggerni mag‘lub etib, 3-davraga yo‘l oldi. Nodirbek Yakubboev vengriyalik Benjamin Greduraga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Bugun, 5 avgust kuni o‘tkaziladigan 3-raund bahslarida Sindarov frantsiyalik kuchli shaxmatchi Maksim Vashega qarshi ilk partiyani o‘tkazadi.
Fikrlar