Shahram G‘iyosov: "Hasanboy Do‘smatovning menejerlarida ajoyib reja mavjud"

  • 17 noyabr, 2019, 15:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Bugun, Rio Olimpiadasi chempioni, yurtdoshimiz Hasanboy Do‘smatov professional boksda o‘z debyut jangini o‘tkazdi. Natija qanday tugaganligidan xabaringiz bor. Albatta, biz uchun quvonarli nokaut bilan g‘alaba qozongan bokschimizga yana bir hamyurtimiz, ajoyib charmqo‘lqop ustasi Shahram G‘iyosov sekundantlik qildi.

Tecno

Biz Shahram bilan bog‘lanib, mazkur jang borasidagi fikrlariga quloq tutdik...

- Faqatgina ajoyib fikrlarni bildirish mumkin. Barchani ushbu g‘alaba bilan tabriklayman. Biz kutganimizdek bo‘ldi. O‘z ustida mana uch oydan buyon qattiq mexnat qildi. Bu erga kelganida vazni 56-57 kg edi. Sabr bilan ishladi, kuchli rejim va dieta evaziga vaznini 48.5 kg tushira oldi.
 
O‘zining jang olib borish uslubi ham ajoyib edi. Shunday bo‘lsada, murabbiy Toni Dias bu jang uchun munosib taktika qo‘ya oldi. Xabaringlar bor, ba’zi bir sabablarga ko‘ra, bir necha bor raqib almashdi. Mazkur meksikalik bokschi ham shunchaki “sovg‘a” emasdi. Professional ringda 17 ta jang o‘tkazib ulgurgandi. Bir so‘z bilan aytganda debyut uchun zo‘r jang bo‘ldi.

photo_2019-11-17_12-54-12

O‘zinglar ham bunga guvohi bo‘ldinglar, birinchi raundda raqibi jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Ikkinchi raundda esa jigar qismiga ajoyib zarba yo‘llay oldi. Murabbiylar ham asosan jigar qismiga zarba berishini so‘rashgan edi. Ko‘rsatmani biz o‘ylagandan ham yaxshiroq qilib bajara oldi. Bu vazn toifasida nokaut qilish juda qiyin bo‘ladi. Hasanboy esa buni uddaladi. Hozirda murabbiylar, menejerlar umuman olganda barcha xursand. Ularda ajoyib reja bor.
Ya’ni, tez orada jahon chempionlik kamari uchun jang tashkil qilib beramiz deyishmoqda. Bizga bunday bahslarni o‘tkazishimizga hali bor. Bunda esa, shunday imkoniyat mavjud. Demoqchimanki, bunday nufuzli kamarlar uchun ringga ko‘tarilishga Hasanboy yaqinroq. O‘z o‘rnida munosib raqiblar ham bor. Hozircha shunday reja qilinmoqda. Yangi yildan keyin yana AQShga kelib mashg‘ulotlarni boshlaydi va navbatdagi janglarini o‘tkazadi.

Sekundantlik qilish juda qiyin bo‘lar ekan. Undan ko‘ra, o‘zim jang qilsam oson bo‘lardi. Raqibi zarba yo‘llamoqda, xuddiki menga tegayotgandek bo‘ldi. Shukrki, barchasi yaxshi bo‘ldi. Butun O‘zbekistonni g‘alabasi deb o‘ylayman. Nasib qilsa, bundan keyingi janglarida ham g‘alaba qozonishiga ishonaman.

Bez nazvaniya (1)_15

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Сурхон Барлос
17/11/2019 21:49
Шаҳрам кейинчалик яхши проф мураббийга айланиши мумкин.