
"Sevilya" UEFA tomonidan jazolandi
UEFA Evropa Ligasi chorak finalidan o‘rin olgan "Vulverxempton" - "Sevilya" uchrashuvida maydonga kech tushib kelgan ispanlar intizomiy jazoga tortiladi. Rasmiy xabarda qayd etilishicha, andalusiyaliklar belgilangan dedlaynning kechikishiga sababchi bo‘lgan.
Buning uchun jamoa umumiy miqdorda 10 ming evro jarima to‘laydi. Shuningdek, bosh murabbiy Xulen Lopetegi jiddiy ogohlantirish oladi.
Fikrlar