Sergey Xaritonov professional boksda ilk jangini o‘tkazdi

  • 12 sentabr, 2020, 09:48
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Rossiyaning Moskva viloyati Ximki shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. Uning markaziy jangida ikkinchi o‘rta vazn toifasida (76,2 kg) faoliyat yuritadigan rossiyalik Fyodor Chudinov (22-2, 15 KO) o‘zining WBA Gold kamarini britaniyalik bokschi Umar Sodiqdan (10-1, 6 KO) himoya qilishga erishdi. Jangning so‘nggi - 12 raundi o‘tib borayotgan bir pallada, Chudinov raqibini texnik nokautga uchratdi va g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Tecno

Ushbu jang kechasining o‘ziga xos voqeligi MMA olamidagi mashhur “Bellator” jangchisi Sergey Xaritonov professional boksda debyut qilishi edi. Unga o‘z vaqtida afsonaviy Mayk Taysonni nokautga uchratgan Denni Uilyams raqiblik qildi. 6 raundlik qilib belgilangan to‘qnashuv Xaritonovning faolligi ostida boshlandi va bu tez orada o‘z samarasini berdi. Birinchi raundning o‘zidayoq Uilyams nokdaunga uchradi. Ikkinchi raundning o‘rtalariga kelib esa, jang to‘xtadi. Chunki, kuchli zarbadan keyin garchi, Denni oyoqda tik turgan holatda bo‘lsa-da, o‘ziga kela olmadi va hakam jangni to‘xtatishga qaror qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!