
Sergey Lushchan: "Raqibga etarli darajada qarshilik ko‘rsata olmadik"
Superliganing 6-turidan o‘rin olgan "Surxon"-"Navbahor" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.
"Lochinlar" ustozi odatdagidek o‘z so‘zini o‘yin haqidagi gaplar bilan boshladi.
- "Surxon"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Yomon o‘yin ko‘rsatdik, deb o‘ylamayman. Raqibimizning g‘alabasi haqqoniy bo‘ldi, deb o‘ylayman. Ehtimol, uchrashuv durang bilan tugaganida adolatli bo‘lmasdi.
- O‘zgarishlardan so‘ng ham "Navbahor" yomon o‘yin ko‘rsatayotgani yo‘q. Jamoa o‘yinini qanday baholaysiz?
- Bugun biz raqibga etarli darajada qarshilik ko‘rsata olmadik. Ishonch ko‘rinmayapti, biz bunday o‘yin qurayotganimiz yo‘q edi. Hali oldindan bellashuvlar bor, to‘g‘ri ishlashga harakat qilamiz. Futbolda har bir jamoada shunaqa holat bo‘lib turadi. Natijalarga va jadvalga kuzda qaraymiz.
Fikrlar