
Sergey Lushchan ham iste’fo haqida so‘z ochdi
Xabaringiz bor bugun Superliganing 3-turida “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Surxon”ni qabul qildi va 3:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.
O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mezbonlar ustozi Sergey Lushchan ishtirok etdi va o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Birinchi galda raqibni qo‘lga kiritilgan g‘alaba bilan tabriklayman. Shuningdek, jizzaxlik futbol ishqibozlaridan bunday o‘yin uchun uzr so‘rayman. Mag‘lubiyatdagi bor aybni o‘z zimmamga olaman. Yigitlarda ayb yo‘q. Men to‘g‘ri taktika va tarkib tanlay olmadim. Yana bir bor hammadan uzr so‘rayman va rahbariyatning har qanday qarorini qabul qilishga tayyorman”, - deya murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi PFL matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, bungacha "Andijon" ustozi Ildar Sakaev hamda "Qo‘qon-1912" bosh murabbiyi No‘mon Hasanovlar ham iste’foga chiqishga tayyorligini bildirishgan edi.
Fikrlar