
Sergey Fomin ilk bosqichda afrikalik raqibiga yutqazib qo‘ydi
Nur-Sulton shahrida o‘tkazilayotgan "Prezident kubogi" musobaqasining yakkalik bahslari, 1/16 final uchrashuvlari o‘tkazildi.
Bir necha kun oldin ITF tasnifidagi turnir g‘olibiga aylangan Sergey Fomin o‘zining ilk o‘yinida zimbabvelik Benjamin Lokka qarshi kortga chiqdi. Charchoq biroz pand berdi, chog‘i, Fomin ikki setda imkoniyatni boy berdi va yakkalikdagi yurishini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Yakuniy hisob - 6:4, 6:1, Lok foydasiga.
Endi Sergey juftlik bellashuvlarida o‘z omadini sinab ko‘radi. Boshqa bir tennischimiz Sanjar Fayziev bilan tandem hosil qilgan yosh raketka ustamizga Damina Ayeni hamda Yanki Erel juftligi raqiblik qiladi.
Fikrlar