
Serbiya jurnalistdan norozi
Serbiya futbol ittifoqi UEFAni "Evro-2024" chempionatida serbiyalik muxlislarga ikki boshli burgut ishorasini ko‘rsatgan kosovolik jurnalistni jazolashga chaqirdi. Bu haqda Serbiyaning "Tanjug" agentligi xabar berdi.
“Serbiya futbol ittifoqi UEFAdan serb muxlislarini g‘azablantirgan kosovolik jurnalistni jazolashni va akkreditatsiyadan mahrum qilishni talab qildi. Jurnalist Arlind Sadiku Angliya – Serbiya o‘yini arafasida serbiyalik muxlislar ko‘z o‘ngida jonli efirda qo‘llarini bukib, Buyuk Albaniya deb ataladigan davlat ramzi bo‘lgan "ikki boshli burgut"ni ko‘rsatdi”, - deyiladi FSS matbuot xizmati xabarida.
Ma’lumot uchun, "Evro-2024" guruh bosqichining Angliya va Serbiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvi bir kun avval, 16 iyun kuni bo‘lib o‘tgandi. Uchrashuv Angliya terma jamoasining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. "S" guruhida Serbiya va Angliyadan tashqari Sloveniya va Daniya ham bor.
Fikrlar