
Sebalos "Real" bilan shartnomani uzaytiradi
"Real" a’zosi Dani Seblos klub bilan shartnoma muddatini uzaytirishga rozi bo‘ldi, deya xabar bermoqda "Marca" nashri. Yarim himoyachi madridliklar bilan 2026 yilgacha amal qiladigan bitimga imzo chekdi. Unga ko‘ra, 26 yoshli futbolchisi yiliga 5 million evro maosh oladi.
Sebalosning "qaymoqranglilar" safini tark etishi borasida mish-mishlar tarqalgandi. U asosiy tarkibda o‘ynashni istaydi. Shu sababli, o‘ziga yangi klub qidirdi. Variantlar orasida Italiya va Ispaniyaning bir qator jamoalari bor edi.
"Real" Jud Bellingemni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Mazkur transfer Danining maydondagi daqiqalarini kamayishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, Braim Dias ham yangi bitim imzolashga yaqin turibdi.
Fikrlar