
"Sautgempton" a’zosi Angliya terma jamoasiga chaqirildi
"Sautgemton" yarim himoyachisi Jeyms Uord-Praus Angliya terma jamoasidan chaqiruv oldi.
Sky Sports xabar berishicha, Garet Sautgeyt jarohat olib, bir muddatga safdan chiqqan "Liverpul" yarim himoyachisi Jordan Xenderson o‘rniga aynan Uord-Prausni taklif etgan.
Endilikda 24 yoshli Uord - Praus Evropa - 2020 saralash bosqichidan o‘rin olgan Chexiya (22 mart), Chernogoriya (25 mart)ga qarshi uchrashuvlarda ishtirok etishi mumkin. Shuni qo‘shimcha qilish kerakki, Uord-Praus joriy mavsumda "Sautgempton" safida 18ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning "avliyolar" bilan shartnomasi 2022 yilga qadar amal qiladi.
Fikrlar