Saudiyaliklar Muhammad Saloh uchun misli ko‘rilmagan summa taklif qildi

  • 23 avgust, 2023, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasi “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohni transfer qilish fikridan qaytgani yo‘q.

Tecno

Taniqli jurnalist Rudi Galettining ma’lum qilishicha, saudiyaliklar “Liverpul” va Yurgen Kloppni Muhammad Salohni qo‘yib yuborishga rozi qiladigan summani o‘rtaga qo‘ygan. Jiddaliklar Muhammad Saloh uchun 90 million evro sarflashga tayyor.

Agar “Liverpul” bu taklifni qabul qiladigan bo‘lsa, bu transfer Saudiya Arabistoni chempionatlari tarixida eng kattasi bo‘ladi.

31 yoshli misrlik to‘purarning “Liverpul” bilan shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etadi. Transfermarkt portalida futbolchining narxi 65 million evro ekani ko‘rsatilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!