Saudiya shahzodasi yana bir super transferni amalga oshirmoqchi

  • 11 may, 2020, 11:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” Madrid vingeri Garet Beyl yana Angliya premer-ligasiga qaytishi mumkin.

Tecno

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 30 yoshli uelslik futbolchini "Nyukasl" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. “Qirollik klubi” esa uni 20 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Beydni shaxsan “qarg‘alar”ning bo‘lajak xo‘jayini - Saudiya valiahd shahzodasi tarkibda ko‘rishni istamoqda.

Beyl joriy mavsum “Real” safida 18 o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!