
Saudiya Arabistoni Elita liganing hal qiluvchi o‘yinlariga mezbonlik qiladi!
Xabaringiz bor, kelasi mavsumdan boshlab OFK qit’aning eng kuchli 24 klubini o‘z ichiga olgan Elita liga musobaqasiga start beradi.
Musobaqa formati avvalgisidan keskin farq qiladi. 24 klub ikki mintaqaga bo‘lingan holda 12 jamoadan iborat ikki guruhga ajraladi. Uy va safar tizimida guruhda 8 ta o‘yinda ishtirok etishadi. Guruhlardan 8 ta g‘olib jamoa keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.
Chorak final, yarim final va final bahsi markazlashgan ko‘rinishida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. E’tiborli tomoni shundaki, bu turnirni qabul qilishni istaganlar soni ko‘p bo‘lmagan. Saudiya Arabistonidan tashqari, faqat Iroq mezbonlikka da’vogar bo‘lgan, xolos.
Musobaqaning 2024/25 yilgi mavsumining hal qiluvchi o‘yinlari 25 apreldan 4 mayga qadar o‘tkaziladi. Turnir g‘olibi 12 million AQSh dollariga ega bo‘lsa, finalga qadar etib kelgan jamoa 6 million AQSh dollarini qo‘lga kiritadi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston sharafini mamlmkat chempionligini qo‘lga kiritgan "Paxtakor" himoya qiladi.
Saudiya Arabistoni 2024-25 va 2028-29 yillar oralig‘idagi 5 ta musobaqaga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritgan!
Fikrlar