
Sardor Rashidovda nima gaplar? Futbolchi faoliyatini qaerda davom ettiradi?
2019 yildan beri Qatarning “Qatar SK” klubida to‘p tepayotgan Sardor Rashidov o‘tgan mavsum oxirlarida jamoasini tark etdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq a’zosi faoliyatini qaerda davom ettirishi ko‘pchilikni qiziqtirmoqda. U yana legionerga aylanishi kutilmoqda.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Sardor Rashidov o‘zi uchun qadrdon bo‘lib qolgan Qatar chempionatiga yo‘l olishi mumkin. Hamyurtimizning hozircha qaysi jamoada o‘ynashi ma’lum emas. Ammo tez orada uning faoliyatiga oid ma’lumot chiqib qolishi mumkin.
Avvalroq, Rashidovga "Al-Sadd" klubini boshqarayotgan Xavi qo‘ng‘iroq qilgani va uni jamoasida ko‘rishni istashini bildirgani borasida xabar bergandik.
Fikrlar