"Santos" xavbeki MYu bilan bir umrlik shartnoma imzolashga tayyor

CHERY AUTO

Braziliyaning "Santos" klubi yarim himoyachisi Yeferson Soteldo "Manchester Yunayted" safida to‘p surish niyatidaligini ta’kidlab o‘tdi.

Tecno

"Krishtianu Ronalduga "Manchester Yunayted" safida to‘p surgan davrlaridan buyon muxlislik qilaman. shu sabab vaqti kelib u kabi "Old Trafford"da to‘p surish asosiy maqsadimga aylangan.

MYu libosida to‘p surish imkoniyati uchun istalgan boshqa klub taklifini rad etishim mumkin. Agar imkon berishsa, ular bilan umrbodlik shartnoma imzolagan bo‘lardim", - deydi Soteldo.

22 yoshli venesuelalik futbolchi "Santos" safida 59 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!