Sanjar Asqaraliev endi rahbarlik lavozimida!

  • 18 oktabr, 2019, 22:25
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Namangan futboli tarbiyalanuvchisi hisoblangan sobiq futbolchi Sanjar Asqaralievni muxlislarimiz yaxshi bilishadi. Ayniqsa, vodiy klublari – «Navbahor», «Neftchi» hamda «Andijon»dagi o‘yinlarini futbol ishqibozlari yaxshi eslashsa kerak.

Keyinchalik esa faoliyatini yakunlashga qaror qildi va oilasi bilan Janubiy Koreyaga ko‘chib ketgandi. U erda Asqaraliev bolalar futbolida murabbiylik qilib kelayotgandi. Endilikda esa mutaxassis yanada jiddiy va mas’uliyatli vazifaga kirishdi.

Gap shundaki, yaqinda yurtimizga qaytib kelgan sobiq futbolchi Namangandagi 17-sonli «Navbahor-Umid» akademiya shaklidagi bolalar-o‘smirlar futbol maktabida direktor sifatida ish boshlagani e’tiborga molikdir. Bu borada Namangan futboli rahbarlari Asqaralievga katta ishonch bildirishganini alohida ta’kidlash joiz. Shu tariqa, Sanjar Usmonovich Namanganda bolalar futbolini yanada rivojlantirish yo‘lidagi jiddiy ishga kirishdi. Bu borada u futbolda to‘plagan bilim va tajribalarini ishga solishiga shubha yo‘q.

Tez orada Sanjar Asqaraliev bilan uyushtiriladigan suhbatni e’tiboringizga havola etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!