Samvel Babayan "Qo‘qon-1912"dan uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

  • 3 iyul, 2019, 21:28
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Liga Kubogi “V” guruhi 2-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” uchrashuvidan keyin matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Samvel Babayan ishtirok etdi.

Tecno

"Bugun biz Liga kubogidagi ikkinchi uchrashuvimizni o‘tkazdik. Bugun asosan zahiradagi va yosh futbolchilarini maydonga tushirib, ularga o‘zlarini ko‘rsatish uchun imkoniyat bergandik. Afsuski, mag‘lubiyatga uchradik. Bugungi bahsda futbolchilarining imkoniyatini chamalab oldik. Transferlar paytida kimni olib qolish va kimlarni ijaraga berish borasida shu kunlarda yakuniy xulosaga kelamiz. Bugungi natijadan qoniqmadim. Lekin futbolchilarimizning maydonda borlarini berib o‘ynaganliklari tahsinga loyiq.

Bu musobaqa bizga kerak. Boshqa futbolchilariga ham o‘yin amaliyoti berish uchun ham turnir kerak deb hisoblayman. Har bir jamoaning o‘z rejasi bo‘ladi. “Lokomotiv” har doim o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan. PFL rahbarlari bilan bu borada gaplashdik. Kelasi mavsumda bu musobaqaning o‘tkazish vaqtini jamoalar bilan kelishib belgilashlariga umid qilamiz. Balkim FIFA kunlariga belgilansa yaxshi bo‘lardi. Terma jamoaga chaqirilmaydigan futbolchilarga imkoniyat berilar edi.

“Qo‘qon-1912” jamoasi keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. Jamoaga keyingi o‘yinlarda omad tilayman. Qo‘qonlik muxlislarga ham hurmatim baland. Ular doim jamoalarini faol tarzda qo‘llab turishadi.Ularga kelgusi o‘yinlarda ham omad tilayman",  - deb Babayanning so‘zlarini keltirib o‘tdi Qo‘qon klubi matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
03/07/2019 21:40
Бардавом бусин мағлубиятларинг
Shaxriyor Xolmamatov
03/07/2019 21:45
Fikringizga qo'shilamiz
&
dovudhon
03/07/2019 22:15
Men ham qushilaman baba yo'qolib qolgin iltimos hidingniyam uzing bilan olib ket
Мурад Тулкинбаев
03/07/2019 22:55
Халк лаьнатига ёгилгансан, буини а..... га кириб кет твар
&
dovudhon
03/07/2019 22:20
Adminlar sizlardan ham iltimos baba tug'risida kamroq yozina iloji bo'lsa umuman yozmana loko muhlislariga uzr