Samvel Babayan matbuot anjumanida jamoaga yangi futbolchi kelayotganini ma’lum qildi

  • 31 iyul, 2023, 00:54
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 14-turida safarda “Qizilqum”ni mag‘lub etgan “Navbahor” klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan g‘alaba, Hoshimovning almashtirilishi, Tabatadze va Abdumannopov haqida gapirdi.

Tecno

“Aytishim kerakki, mavsumlar oralig‘ida jamoalar kuchayishdi. Bugungi “Qizilqum” yaxshi shakllangan jamoa va bugun bizga qiyin bo‘lishini bilardik. Birinchi taym ancha qiyin kechdi. Ikkinchi bo‘limdagi o‘zgarishlar g‘alaba qozonishimizga yordam berdi ”, - dedi murabbiy.

Hoshimovni jarohati sabab almashtirishga majbur bo‘ldik. Birinchi taymda raqib unga ancha bosim uyushtirdi. Davronning qanotidan ko‘plab hujumlar tashkil etishgani sabab ancha toliqqandi. Qolaversa, uning sariq kartochkasi borligi uchun tavakkal qilishni istamadik.

Tabatadze – yuqori saviyali hujumchi. Uning darajasiga shubham yo‘q. Abdumannopov haqida ham shunday fikr aytish mumkin. Uning darajasi haqida tasavvurimiz bor. U ham, ikkinchi taymda maydonga tushgan boshqa futbolchilar ham o‘yinni kuchaytira olishdi.

Jamoaga yana bir himoyachi olyapmiz. Bu ampluada jamoamizda muammo yo‘q, ammo raqobat bo‘lgani yaxshi. Yana kimnidir oladigan bo‘lsak, bu haqda ma’lumot beramiz".

O‘zPFL matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!