
Samvel Babayan iste’foga chiqariladimi?
SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘z telegram sahifasida Samvel Babayan bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritgan. “Paxtakor”dan uchralgan alamli mag‘lubiyatdan so‘ng, muxlislar kayfiyati keskin yomonlashganidan xabaringiz bor. Xabarda ma’lum qilinishicha, Namangan klubi voqealar rivjoni sovuqqonlik bilan kuzatishga qaror qilgan:
“Samvel Babayan iste’fosi mumkinligi borasidagi fikrlar yangramoqda. Aslida, Namangan klubida murabbiyni iste’foga chiqarib yuborish uchun “Paxtakor” bilan o‘yindan keyin barcha asos bor. Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, rahbariyat Samvel Babayanga ishonishda davom etmoqchi.
Ishonch kreditini taqdim etilishining asosiy sababi – “lochinlar”ni kutib turgan “Al Vakra”a qarshi OChL saralash o‘yini bo‘lib turibdi. Agar, “Navbahor” Qatarning to‘rtinchi jamoasidan o‘ta olmasa, vaziyat keskinlashishi aniq.
Qisqasi, “Navbahor” “kechuvda otlar almashtirilmaydi” qabilida ish ko‘rmoqchi. Hozircha, albatta.”
Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” jamoasi 16 o‘yinda 33 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar