
Sambo: Jahon Kubogining ilk kunida 6 ta medal qo‘lga kiritildi!
Xabar berib o‘tganimizdek, 3-6 aprel kuni Armanistonning Erevan shahrida sambo bo‘yicha Jahon Kubogi bo‘lib o‘tadi. Kuni kecha start olgan mazkur turnirning ilk kunida o‘zbekistonlik sambochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritishdi.
Quyida, ushbu muvaffaqiyatga erishgan yurtdoshlarimiz bilan tanishishingiz mumkin.
Kumush:
-54 kg: Gulsevar O‘roqova
-65 kg: Feruza Boboqulova
-72 kg: Madinabonu Salohiddinova
Bronza:
-64 kg: A’zam Rashidov
-88 kg: Asqarbek Avganov
-80 kg: Mavluda Abdullaeva
Fikrlar