
Saloh Pogbaga etib oldi
Angliya premer-ligasining 11-turidan o‘rin olgan bahsda "Livepul" safarda "Vest Xem"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Uchrashuvning 41-daqiqasida Trent Aleksander-Arnold mersisaydliklarning ilk golini urdi. Himoyachining goliga Muhammad Saloh assistentlik qildi.
Misrlik futbolchi chempionatda qatorasiga 5-o‘yinda o‘z nomiga assist yozdirib qo‘yishga erishdi.
Bugungi pasidan so‘ng Saloh joriy mavsum 7ta golga uzatma amalga oshirgan MYu yarim himoyachisi Pol Pogbaga etib oldi. Ayni damda ikkisi APLda etakchilik qilmoqda.
Fikrlar