Saloh bu borada APL afsonasidan o‘tib ketdi

  • 10 noyabr, 2024, 16:25
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Angliya Premer-ligasi tarixida o‘z nomini yozishda davom etmoqda.

Tecno

"Aston Villa"ga qarshi kechgan bahsda misrlik yulduz gol va assist qayt etdi. Bu golli uzatma uning APLdagi 75-assisti bo‘ldi va bu boradi Saloh "Arsenal" afsonasi Terri Anridan (74) o‘tib ketdi.

"Qizillar" etakchisi hozirda APL tarixidagi eng yaxshi hammuallifilar ro‘yxatida 13-pag‘onaga ko‘tarilib oldi. Bu ro‘yxatda "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Rayan Giggs 163 ta assist bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Hozirda Angliya chempionatida o‘ynayotgan futbolchilar orasida faqatgina Kevin de Bruyne (116), Jeyms Milner (89) va Kristian Eriksonlar (76) Salohdan ko‘proq golli uzatma amalga oshirishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!