Saken Polatov Osiyoda boksni rivojlantirish fondi raisi etib tayinlandi

  • 21 dekabr, 2020, 11:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

E’tiborlisi, ushbu fondga aynan o‘zbekistonlik mutaxassis rahbarlik qiladigan bo‘ldi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov ushbu fond rahbari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

ASBC (Osiyo boks konfederatsiyasi) rahbari ushbu tashkilot tuzilganini e’lon qilar ekan, Osiyoda boksni yanada rivojlantirish borasida uzoq muddatlik strategiya ishlab chiqilganini aytdi.

Kelasi yili ASBC byudjetida yangi Fond uchun ma’lum miqdordagi mablag‘ ajratiladi. Ushbu pul qit’amizda boksi rivojlanayotgan mamlakatlar milliy federatsiyalariga ajratiladi.

Osiyo boks konfederatsiyasi Fond so‘roviga asosan, bunday mamlakatlarni boks uchun zarur bo‘lgan anjomlar, ta’lim kurslari, logistika masalalari va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘llab-quvvatlaydi.

Fond komissiyasi tarkibida hamyurtimizga besh nafar mintaqaviy vitse-prezident ham tayinlangan. Unga ko‘ra, fond rahbariyati tarkibi quyidagicha ko‘rinish olgan:

Saken Polatov (O‘zbekiston) - Osiyo boks konfederatsiyasi Ijroqo‘m a’zosi, Fond raisi.

Edgar Pikson (Filippin) - Osiyo boks konfederatsiyasi Ijroqo‘m a’zosi, Fond raisi o‘rinbosari

Favzi Asafra (Falastin) - Falastin boks federatsiyasi prezidenti

Raj Kumar Sacheti (Hindiston) - Hindiston boks federatsiyasi ijrochi direktori, ASBC prezidenti maslahatchisi

Billi Vong (Makao) - Makao boks federatsiyasi vakili

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!