Ruslan Ahmedov: "O‘zbekistonda zo‘r pleymeykerlar sanoqli"

  • 2 aprel, 2022, 20:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Xorazm” jamoasi o‘z uyida “Sho‘rtan”ni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratganidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- “Xorazm” muxlislarini g‘alaba bilan tabriklamoqchiman. Ular oxirigacha muxlislik qiladi. O‘yin haqida gapirsam, tashabbus boshida biz tomonda edi. 15 daqiqa ichida 2:0 hisobida yutayotgandik. Ammo keyin tashabbusni birdan berib qo‘ydik. Natijada gol o‘tkazdik. Ikkinchi bo‘limda 10 kishi qoldik va himoyalandik. Zaxiradan o‘yinchi almashtirishni to‘g‘ri qilganimiz uchun gol urdik.

- Yarim himoyachilarning o‘yinidan qanchalik qoniqish hosil qilyapsiz?

- Futbolchilarga shikoyatim yo‘q. Barchasi mehnat qildi. Baribir ozroq tajriba etmayapti. O‘yin shakllanishi uchun biroz vaqt kerak. Jamoamiz asta-sekin tiklanyapti.

- Maydon markazida o‘yinni o‘z qo‘liga oladigan futbolchi, pleymeyker etishmayapti...

- Bir tomondan to‘g‘ri. O‘zbekistonda o‘yinni olib boradigan zo‘r pleymeykerlar sanoqli. O‘yinni ko‘pincha strategiya bilan yaratamiz. Statistika bo‘yicha to‘pni 40-45 foizga nazorat qilamiz. Lekin bu kam. Buning foizini oshirish uchun ham tajribali futbolchilar kerak.

- Rokkini qachon maydonga tushirasiz?

- Hujjat ishlari hal bo‘lyapti. Kubok uchrashuvlarida uni ko‘ramiz, degan umiddamiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!