
Ruslan Ahmedov: "Andijon" baribir Superliga uchun kurashadi"
Bugun pro liganing 3-turida “Xorazm” o‘z maydonida “Andijon”ni qabul qildi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida dastlab mezbonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov ishtirok etdi.
- Bugungi o‘yin og‘ir bo‘ldi. Chunki biz taktika tomondan tayyorgarlik ko‘rgandik. Bilamiz, “Andijon” yaxshi jamoa. Ular Superligaga chiqishga dav’ogar hisoblanadi. Biz har Biz har o‘yinga jiddiy tayyorlanamiz.
- O‘yinda 3:0 bo‘lishini kutganmidingiz?
- Biz bugun ikkinchi temp bilan o‘ynadik. Imkoniyatlarimiz bo‘lishini kutgandik. Raqibga tashabbusni berishni oldindan rejalashtirgandik. Biz esa qarshi hujumlar uyuyushtirishni ko‘zlaganmiz.
- “Andijon”ning o‘yiniga qanday munosabat bildirasiz?
- Yaxshi jamoa. Tajribali futbolchilari ko‘p. Raqib safida legionerlar ham bor. Ular o‘ziga yarasha kuchli. Lekin “Andijon” yaxshi jamoa. Mavsum davomida klub baribir Superligaga chiqish uchun harakat qiladi.
"Andijon" matbuot xizmati.
Fikrlar