
Ruben Amorim MYuning hujumdagi muammolari haqida gapirdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa hujum chizig‘idagi muammolar borasida fikr bildirdi:
"Biz e’tiborni o‘zimizda bor futbolchilarga yordam berishga qaratyapmiz. Rasmus Xoylund so‘nggi o‘yinda gol urdi. Unda iqtidor borligi ko‘rinib turibdi. Joshua Zirkzee ham iqtidorli, Chido Obi-Martin ham shunday.
Biz futbolchilarni rivojlantirishimiz kerak, ammo har birini alohida yaxshilash uchun jamoaviy o‘yinni takomillashtirish talab etiladi. Biz hozircha hujumchilarga yordam bera oladigan to‘liq uyg‘un jamoa emasmiz. Gollar etishmayapti va bu bizga ko‘p ochkolarga tushdi.
Xoylund haqiqatdan ham qattiq mehnat qilyapti. Ayrim gollarimizda, ayniqsa ushbu turnirda, u o‘z harakatlari bilan muhim rol o‘ynadi. Menimcha, u hozir yaxshi sport formasi va kayfiyatda, ajoyib o‘yin ko‘rsata oladi" — deya ta’rif berib o‘tdi portugaliyalik mutaxassis.
Bugun "Manchester Yunayted" Bilbaoda Evropa ligasi yarim finali doirasida "Atletik"ka qarshi ilk o‘yinni o‘tkazadi.
Fikrlar