
RPL. "Ufa" g‘alaba qozondi, O‘runov 87 daqiqa harakat qildi
Rossiya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan "Ufa" va "Axmat" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda maydon egalari 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Boshqirdistonliklar safida harakat qilayotgan legionerimiz Oston O‘runov asosiy tarkibda tushdi va 87-daqiqada zaxiraga olindi. Yarim himoyachi 72-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi.
Ma’lumot uchun, "Ufa" ushbu g‘alabadan keyin ochkolar sonini 13taga etkazib, 13-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar