
RPL. "Torpedo" mavsumdagi ilk g‘alabasini TsSKAga qarshi o‘yinda qo‘lga kiritdi. Erkinov to‘liq o‘ynadi
Rossiya premer-ligasi 10-turidan o‘rin olgan "Torpedo" - TsSKA Moskva uchrashuvida mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Stefan Shapichning 33-daqiqada urgan goli Nikolay Savichev shogirdlariga g‘alaba keltirdi. Qayd etish lozim, mazkur bellashuvda legionerimiz Hojimat Erkinov to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Shu tariqa, "Torpedo" RPL joriy mavsumidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar