
RPL. Shomurodov va Ionovning gollari "Rostov"ga 3 ochko keltirdi
"Rostov-Arena"da kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobidagi kichik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. 11-daqiqada hamyurtimiz Eldor Shomurodov o‘zining aniq zarbasi bilan uchrashuvda hisobni ochishga erishdi. Birinchi bo‘lim so‘nggida esa Aleksey Ionov oradagi farqni oshirishga erishdi. Ikkinchi taym avvalida esa Jorje Despotovich bosh bilan raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishdi.
Rostovliklar safida Shomurodov bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va 82-daqiqada zaxiraga olindi. "Orenburg" tarkibida esa yana bir yurtdoshimiz Vadim Afonin to‘liq 90 daqiqa faol harakatlandi.
Kelgusi tur Valeriy Karpin shogirdlari "Spartak"ni qabul qilishsa, orenburgliklar esa Moskvada TsSKA mehmoni bo‘lishadi.
Fikrlar