
RPL. Oston O‘runov maydonga tushgan bahsda "Ufa" "Krasnodar" bilan durang o‘ynadi
Rossiya chempionatining 11-tur doirasidagi "Krasnodar" va "Ufa" o‘yini yakunlandi. Mazkur bahsda jamoalar 1:1 hisobida durangga imzo chekdi.
Boshqirdistonliklar safida harakat qilayotgan hamyurtimiz Oston O‘runov 29-daqiqada Agalarov o‘rniga zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.
Ma’lumot uchun, "Ufa" ayni damda turnir jadvalida 9 ochko bilan so‘nggi pog‘onada bormoqda. "Krasnodar" esa ochkolar sonini 18taga etkazib, 6-o‘ringa ko‘tarildi.
Fikrlar