Ro‘ziqul Berdiev: Yigitlar bugun "Paxtakor"ning kuchli tomonlarini ham jismonan, ham aqlan zararsizlantirdi

  • 2 oktabr, 2022, 21:07
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 20-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar kichik 0:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Bellashuvdan so‘ng har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida "ajdarlar" ustozi Ro‘ziqul Berdievning fikrlari bilan tanishib chiqing: 

"Assalomu alaykum, barchaga. Muxlislarimizni bugungi g‘alaba bilan tabriklamoqchiman. Hammasi ajoyib o‘tdi. 

O‘yinga keladigan bo‘lsak, 90 daqiqa va balki undan ham ko‘proq e’tiborni yo‘qotmasdan o‘ynadik. Himoyada ham yaxshi o‘ynadik. Raqibga hujumlar tashkil etishda imkon qoldirmadik. Qarshi hujumda ham namunali o‘ynadik. Umuman olganda, ruhiy va taktik tomonlama ham "Paxtakor"dan ustun bo‘ldik.

- Aliqulov va Mozgovoy to‘qnashib ketganida qanchalik xavotirlandingiz?

- Albatta. Ikkalasi ham hujumchilarga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatadi. Shu tomonlama xavotir edi. "Paxtakor"da yuqori chiziqda Cheran kabi bosh bilan o‘ynay oladigan hujumchilarga qarshi baland bo‘yli o‘yinchilar kerak edi. Hujumchilar ham shu nazariyaga e’tibor qaratilgan holda tanlangandi. Baland bo‘yli futbolchilar juda muhim edi. Biz uchun muhimi, ularning ikkisi ham o‘yinni to‘liq o‘tkazdi va g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shdi.

- Lima Kruz dastlab ko‘p tanqidlarga uchrayotgan edi. Ammo bugun u sifatli o‘yin namoyish etdi. Uning harakatlaridan qoniqish hosil qildingizmi?

- U jamoaga juda ham katta yordam berdi. Mehnat qildi. Boshida uning moslashib olishi uchun vaqt kerak edi. Shuningdek, jismoniy holatini ham ijobiy tomonga o‘zgartirishimiz kerak edi. Sekin-astalik bilan u jarayonga moslashib bormoqda. Uning bugungi o‘yinidan qoniqish hosil qildim, albatta. Umuman olganda, barcha futbolchilarimiz yuqori saviyada to‘p tepishdi. Ular maydonda katta ko‘lamdagi ishni bajarishdi. Himoyada xatosiz o‘ynadik. Kerakli vaqtda ortga qaytdik. 

- Bilamizki, "Paxtakor"da eng xavfli futbolchi Dragan Cheran hisoblanadi. Uni zararsizlantirish uchun shogirdlaringizga qandaydir ko‘rsatmalar berganmidingiz?

- Mezbonlarning etakchi o‘yinchilariga qarshi qanday o‘ynash kerakligi borasida ko‘rsatmalar bergandik. Hozirgi holatdan kelib chiqsak, ularning asosiy etakchilari Cheran, Hamrobekov va Alijonov edi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, biz ularga qarshi alohida harakatlar olib bordik. Hamrobekovning ishini qiyinlashtirish maqsadida Bozorovni ikki hujumchi ortida o‘ynatdik. Menimcha, bu o‘z samarasini ko‘rsatdi. Shu tariqa, Odil birorta hujum boshlanishida ishtirok eta olmadi. Himoyachilarimiz ham raqib hujumchilariga qarshi deyarli mukammal o‘ynab berishdi. Yigitlar bugun "Paxtakor"ning kuchli tomonlarini ham jismonan, ham aqlan zararsizlantirdi. 

- Jamoa yuqori bosimga tayyormi? Bu g‘alabadan keyin muxlislar "Nasaf"dan ko‘p narsa kutadi. Shuningdek, kubok bahslari start olganda, ikki frontdan birini tanlashga to‘g‘ri kelmaydimi?

- Bosim har doim bo‘ladi. Bunga yigitlar tayyor bo‘lib kelmoqda, deb o‘ylayman. Ular tajriba to‘plab borishmoqda. Ruhiy tomonlama ham ular o‘sishga erishmoqda. O‘ylaymanki, ular bu jarayonni engib o‘tadi. Sababi, bizda kuchli bosim ostida o‘tgan o‘yinlar juda ko‘p bo‘ldi. OChL saralashi va guruh bosqich bellashuvlarida ular bunga dosh bera oldi. 

Oldimizda kubok o‘yinlari ham bor. Biz ikki frontda ham oxirigacha kurashamiz. Imkoniyatlarimizni to‘liq ishga solamiz", - dedi qarshiliklar bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Arislonov Ilhom
02/10/2022 21:26
Насаф йигитлари яхши уйнашди концентратцияни йукотишмади мураббийни айтганини килишди молацы
Arislonov Ilhom
02/10/2022 21:25
Насаф йигитоари яхши уйнашди концертратцияни йукотишмади мураббийни айтганини килишди молацы
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
02/10/2022 21:24
Shu yilkiday keyin Shans bulishi qiyin chogim. shu yil. Nasaf chempion bulishi kerak. va buladi ham.
&
Турсунов Рамазон
02/10/2022 22:39
Рузикул рахмат санга бундан кейин хам йигитла шунака уйнасин биз мухлислар чемпиёнликни кутамиз Насафдан яна бир бор йигитлага санга рахмат.Хакамга хам рахмат уйинни яхши бошкаргани учун.Галаба муборак.
&
Мажидов Шахзод
02/10/2022 21:42
Бугун пахтакорни фан клубидан ташқари пахтакор мухлислари деярли йўқ экан кирган томошабинлар фақатни насафни қўллаб-қувватлашди, қойил насафга омад !