
Ro‘ziqul Berdiev jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasiga qanday izoh berdi?
“Dinamo” – “Nasaf” (0:4) o‘rtasidagi bahsdan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- “Dinamo” jamoasi o‘yinni yaxshi boshladi. Uzoqdan zarbalar, burchakdan to‘p oshirishlar orqali faol harakat qildilar. 10-15 daqiqadan keyin o‘yinni o‘z nazoratimizga oldik. Gol urgan vaziyatda yigitlar juda yaxshi harakat qilishdi. O‘ylagan kombinatsiyamiz qarshi hujumda yaxshi amalga oshdi. O‘ylaymanki, birinchi goldan keyin nazorat biz tomonga o‘tdi. Jamoamiz himoyada ham, hujumda ham yaxshi o‘ynadi.
Imkon qadar “Navbahor” bilan o‘yindagi vaziyatdan chiqishga harakat qildik. Bu narsa albatta ta’sir qildi. Ammo oldinda o‘yinlar ham, vaqtimiz ham ko‘p. O‘tgan o‘yinlarni esda chiqarib, oldinga intilish kerak. O‘ylaymanki, bugungi g‘alaba yigitlarga ruhiy tarafdan asqotadi, - deydi Berdiev.
Fikrlar