
Ro‘ziqul Berdiev: "Al-Faysali"ga qarshi o‘yinda tezroq gol urib olishimiz kerak"
OChL 5-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Al-Faysali" uchrashuvi oldidan "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Turnir ham oxirlashib bormoqda. OChLdagi ishtirokimiz bizning darajamizni ko‘rsatib turibdi. Ertaga faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Menimcha, yigitlar tayyor. Raqib qolgan jamoalardan farqi bor. Ular tartib bilan harakat qiladigan klub".
Ushbu mavsumdagi taqvim haqida:
"Biz deyarli tig‘iz taqvimga o‘rganib bo‘ldik. Bunday vaziyatlardan yaxshi chiqib keta olyapmiz. Ertangi natija asosiy maqsadimiz uchun juda ham muhim. Barcha tayyor. Faqatgina Alibek Davronov qizil kartochkasi tufayli bizga yordam bera olmaydi".
Futbolchilarning tiklanish jarayoni haqida:
"Yoz o‘ylarida o‘yinchilarning tiklanishi qiyin bo‘ladi. Bizda etarlicha futbolchilar bor edi, lekin ayrim holatlar sodir bo‘ldi. Hozir esa tiklanish jarayoni tezroq o‘tyapti".
Himoyaviy futbol haqida:
"Ba’zi bir klublar bizning maydonga kelib, himoyaviy o‘yin ko‘rsatishini yigitlar yaxshi biladi. Ertaga rejamizni amalga oshirishimiz uchun tezroq gol urishimiz kerak. "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yindan keyin hissiyotga berilib ketdim, ular juda yaxshi himoyalanishdi. Mana shunday vaziyatlardan chiqish uchun tayyor turishimiz kerak bo‘ladi".
Raqib haqida:
"Faysali" jamoasini yaxshi bilamiz, birinchi o‘yinda yutdik, lekin osonlik bilan emas. Ular o‘z davlatining eng yaxshi klubi hisoblanadi. Boshqa klublardan farqi katta. Shuning uchun, maydonda ko‘proq mehnat qilishimizga to‘g‘ri keladi".
Guruh haqida:
O‘yinlar ko‘rsatdiki, to‘rtala klubning kuchi teng. Bu guruhda yaqqol autsayder, yoki favorit yo‘q. Ha, "Sharja" nomdorroq bo‘lishi mumkin, lekin qolganlar ham o‘z darajasini ko‘rsatib qo‘ydi. Menimcha, 5-turdan keyin ko‘p narsa hal bo‘ladi".
Eslatib o‘tamiz, ushbu bahs 27 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da start oladi. Berdievdan tashqari mehmonlar bosh murabbiyi ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Fikrlar