
Ro‘ziqul Berdiev: "1 ochko ham biz uchun muhim"
OChL 2. 1-tur. "Quvayt SK" - "Nasaf" (0:0) uchrashuvidan so‘ng qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Juda og‘ir o‘yin o‘tkazdik. Biz bugun nafaqat raqib bilan, balki bugungi ob-havo bilan ham kurashdik. Raqib bugun bizni toliqishimizni va xato qilishimizni kutib harakat qildi. Xato qilgan joylarimizda darvozabonimiz bizni qutqardi. Bugun biz himoyaga ko‘proq e’tibor qaratib, o‘z darvozamiz daxlsizligini saqlab qolishimiz kerak edi. Shuning uchun biz ko‘proq himoyalanib, qarshi hujumda harakat qildik. O‘yinning 0:0 hisobida yakunlanishiga darvozabonning yaxshi harakati va jamoalarning himoyaga yaxshi e’tibor qaratganida bo‘ldi.
- Bugungi hisob jamoangiz uchun yaxshi natijami?
- Bu o‘yindan kelib chiqsak, normal natija, lekin bu uchrashuvda biz bundan-da yaxshiroq natija ko‘rsatishimiz kerak edi. O‘yindan kelib chiqib aytaman, ushbu 1 ochko ham biz uchun muhim.
Fikrlar