
“Rostov” Shomurodov bilan raqobatlasha olmagan legionerni Norvegiyaga jo‘natib yubordi
Eldor Shomurodov o‘ynayotgan “Rostov” hujumchisi Vidar Kyarstansson Norvegiya chempionatida ishtirok etayotgan “Volerenga” jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, futbolchi mazkur klub safida 2023 yilning yozigacha to‘p suradi.
Islandiyalik hujumchi “Rostov” tarkibiga 2019 yilda qo‘shilgan edi. Rossiya premer-ligasida “Rostov” tarkibida sakkizta o‘yinda birorta gol urolmadi va ichki raqobatda Eldor Shomurdovga imkoniyatni boy berdi. Keyin uni rostovliklar “Rubin”ga ijaraga berib yuborgan edi. Qozonliklar tarkibida 16 marta maydonga tushgan hujumchi atigi bitta gol urdi xolos.
Rossiyadagi raqobatga dosh berolmagan hujumchi Norvegiyaga yo‘l oldi.
Fikrlar