Rossiyaga 11:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan terma revansh kayfiyatida!

  • 16 noyabr, 2024, 20:12
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Rossiya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvi doirasi Bruneyni 11:0 hisobida taslim etdi. 

Tecno

Bruney futbol assotsiatsiyasi musobaqlar bo‘limi boshlig‘i Emmieliya Kartien Rossiya terma jamoasi bilan yana bir marotaba o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish niyatida. Biroq bu safar ular o‘z maydonida bahs o‘tkazilishini istayapti. 

- Jamoamiz mag‘lub bo‘ldi, ammo kuchli raqibga qarshi o‘ynab, tajriba to‘plashga muvaffaq bo‘ldik. Hammasi ajoyib tarzda o‘tdi. Javob o‘yini bo‘lishi mumkinmi? Bu haqda hali gaplashmadik. Biroq bu juda yaxshi g‘oya. 

Ma’lumot uchun, Bruney Osiyoda joylashgan davlat hisoblanadi. Ushbu mamlakat milliy terma jamoasi FIFA reytingida 184-o‘rinni band etgan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!