Rossiya terma jamoasi O‘zbekiston bilan o‘ynashi kutilmoqda!

  • 30 noyabr, 2024, 22:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
BEPUL PROPAN

FIFA tashkiloti o‘zining rasmiy saytida Evropa mamlakatlari terma jamoalarining 2026 yilgi jahon chempionati mintaqaviy saralash turniri qur’a tashlash marosimi uchun ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, terma jamoalar quyidagi ko‘rinishda savatlarga ajratildi:

1-Savatcha: Frantsiya, Ispaniya, Angliya, Portugaliya, Niderlandiya, Belgiya, Italiya, Germaniya, Xorvatiya, Shveytsariya, Daniya va Avstriya.

2-Savatcha: Ukraina, Shvetsiya, Turkiya, Uels, Vengriya, Serbiya, Polsha, Ruminiya, Gretsiya, Slovakiya, Chexiya va Norvegiya.

3-Savatcha: Shotlandiya, Sloveniya, Irlandiya, Albaniya, Shimoliy Makedoniya, Gruziya, Finlyandiya, Islandiya, Shimoliy Irlandiya, Chernogoriya, Bosniya va Gertsegovina, Isroil.

4-Savatcha: Bolgariya, Lyuksemburg, Belarus, Kosovo, Armaniston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Estoniya, Kipr, Farer orollari, Latviya va Litva.

5-Savatcha: Moldova, Malta, Andorra, Gibraltar, Lixtenshteyn va San-Marino.

UEFA saralash bosqichi 2025 yilning martidan boshlanadi va noyabr oyida yakunlanadi. Jami 12 ta guruh tashkil qilinadi, ulardan 4-5 terma jamoa bo‘ladi va guruh g‘oliblari to‘g‘ridan to‘g‘ri jahon chempionatiga yo‘llanma oladi. Bu bosqichga qur’a 13 dekabr kuni tashlanadi.  

Yana to‘rtta o‘rin sohiblari 2026 yilning martida 16 ta mamlakat terma jamoasi ishtirokidagi saralash o‘yinlarida aniqlanadi.

E’tiborli jihati shundaki, FIFA rahbariyati 2026 yilgi jahon chempionati saralash turniri ishtirokchilari qatoriga Rossiya terma jamoasini kiritmadi.

Sport24 portalining ma’lum qilishicha, Rossiya terma jamoasi kelasi yilning sentyabr oyida Markaziy Osiyo mamlakatlari terma jamoalari bilan kuch sinashishi kutilmoqda.

Manbaga ko‘ra, 2025 yilning 1-9 sentyabr kunlari Markaziy Osiyo mintaqasining O‘zbekiston, Tojikiston, Eron, Qirg‘iziston,  Afg‘oniston, Turkmaniston hamda taklifga ko‘ra yana ikkita terma jamoa ishtirokidagi turnir tashkil etiladi.

Taklif etiladigan terma jamoalardan biri aynan Rossiya bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar tufayli Rossiya terma jamoalari va klublari UEFA hamda FIFA shafe’ligida tashkil etilayotgan musobaqalardan chetlatilgan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Rossiya futbolchilar bilan 2022 yilning noyabr oyida o‘zaro kuch sinashib, Toshkentdagi o‘yinda hisob ochilmagan edi.

Ikki superklub Husanov uchun duelga kirishdi

“Lans” bu narxga Husanovni bermaydigan bo‘ldi!

Evropa grandlari nega Husanovga buqadar qiziqyapti?

O‘zbek futbolchisi Angliya Premer-ligasiga bormoqchi...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ravil
30/11/2024 07:18
Butun dunyoni buysi dirgan isroil.e ropada xech nima bulmaganday futbol uynaveradimi. Evropa ,amerka bu juxutlarning oldida past bulsa. Ulgani yaxshi
.... ....
29/11/2024 18:55
Oris natsistla bilan uynashkeremas. Giret fashist, racisst xalq orisla! SSSRda yashagan orisla ulibketgan. xozirgila juda iflos orisla qogan.
Темиров Набижон
29/11/2024 17:55
Россия футболи тугабдида....................................
&
Азизжон
29/11/2024 13:33
Туя каерда думи каерда админ оласиза