Rossiya jamoalarining Evropa turnirlarida ishtirok etishiga qo‘yilgan taqiq o‘z kuchida qoladi

  • 25 yanvar, 2023, 18:20
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Ijroiya qo‘mitasi vakillari shu haftada bo‘ladigan yig‘ilish arafasida Rossiya futbol ittifoqi rasmiylari bilan muzokara o‘tkazadi. "Sky News" telekanalining xabar berishicha, Rossiya 2023 yilda UEFA Superkubogi o‘yinini o‘tkazish huquqidan mahrum bo‘ladi.

Tecno

Chempionlar ligasi va Evropa ligasi g‘oliblari o‘rtasidagi o‘yin avgust oyida Qozon shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Superkubok o‘yini o‘tkaziladigan joyni o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror katta ehtimol bilan bugun ijroiya qo‘mita yig‘ilishidan keyin qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 28 fevralida UEFA va FIFA Rossiya klublarini xalqaro musobaqalarda ishtirok etishini ta’qiqlagandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!