Rossiya chempionatida to‘p tepayotgan legionerga Saudiyadan "yog‘li" taklif kelib tushgan

  • 10 iyul, 2023, 17:01
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Zenit" yarim himoyachisi Malkom Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi.

Tecno

Bu haqda futbol agenti Timur Gurtskaya “Eto futbol, brat!" kanaliga ma’lum qildi.

“Bizda Malkom Saudiya Arabistoniga ketish arafasida ekanligi haqida ma’lumotlar bor. Deyarli 50 millionlik (evro) taklif tushdi va maoshi shaxsan u bilan kelishib olindi. Ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, u yiliga 10-12 million evroni tashkil etadi.

Men “Zenit”dan buni aniqlashga harakat qildim. Negadir, ular buni inkor etishmadi, ammo bu sodir bo‘lganligini haqida ham hech narsa deyishmadi. Malkomning tovon puli 60 million. Agar Saudiya klubi "Zenit" bilan muzokaraga kirishishni istamasa, u holda 60 million to‘lashi kerak. Ammo hozircha ular Malkomni 50 millionga sotib olmoqchi", - dedi Gurtskaya. 

Malkom "Zenit"da 2019 yildan beri o‘ynab kelmoqda. U "Barselona"dan 40+5 million evro evaziga sotib olingan. Braziliyalikning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi.




Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!