
Ronalduning "An-Nassr"dagi kelajagi borasida yig‘ilish o‘tkazildi
"An-Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub rahbariyati bilan jamoadagi kelajagi haqida yig‘ilish o‘tkazdi.
Tomonlar portugaliyalik futbolchining shartnomasini uzaytirish bo‘yicha munozaralarni boshlashdi. Bu haqida jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ronaldu 2026 yilgi Jaxon chempionatida ishtirok etishni rejalashtirayotgani uchun o‘yin amaliyotiga muhtoj. Tomonlar yaqin orada amaldagi shartnoma muddatini uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishilishiga ishonch bildirishmoqda.
Ma’lumot uchun, Ronalduning Saudiya Arabistoni jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida tugaydi.
Fikrlar