
Ronaldu "You Tube" kanalidan qancha pul topishi mumkin?
Mashxur futbolchi Krishtianu Ronaldu endi "You Tube" ijtimoiy tarmog‘i yulduziga aylanmoqda. Uning yangi kanali 24 soatdan kamroq vaqt ichida allaqachon 18 milliondan ortiq obunachiga ega bo‘ldi.
Ronaldu faqatgina maydonda emas, balki ijtimoiy tarmoqlarda ham eng ko‘p kuzatuvchilarga ega. Jumladan Instagramda 636 million. Endi u "You Tube"da ham tarix yozmoqchi.
Uning "UR Cristiano" kanali rekordlarni yangiladi. 90 daqiqadan kamroq vaqt ichida 1 million obunachiga erishdi.
Ronaldu o‘z kanalida 19 ta videoni e’lon qildi, ular qisqa vaqt ichida umumiy 65 million marta ko‘rildi. Thinkific ma’lumotlariga ko‘ra, "You Tube"da kontent yaratuvchilar har 1000 ko‘rish uchun 2 dollardan 12 dollargacha daromad olishadi. Bundan tashqari reklama beruvchilar ham to‘lov to‘laydilar. Ijtimoiy tarmoq reklamadan tushgan daromadning 45 foizini, qolgan 55 foizini esa kontent yaratuvchilari oladi.
Ronaldu "You Tube"dagi reklama ortidan oyiga 5 million dollargacha daromad olishi mumkin.
Fikrlar