
Ronaldu yana bir ishkal boshladi
Angliya chempionatining 14-turida “Manchester Yunayted” futbolchilari “Vest Xem”ni qabul qilib, kichik hisobda g‘alaba qozondi. Bu uchrashuvda ko‘pchilikning e’tiborini Krishtianu Ronalduning harakati o‘ziga tortdi.
Portugaliyalik yulduz avval o‘zi bilan o‘ynagan mashhur futbolchi Gari Nevill bilan salomlashishni istamadi.
Bu holatgao‘z davrida “Manchester Yunayted” va Angliya terma jamoas etakchilaridan bo‘lgan Gari Nevill o‘z munosabatini bildirdi.
- Ronaldu o‘zini men bilan birga o‘ynagan futbolchidek tutmadi, - dedi Nevill Goal nashriga.
“Vest Xem” bilan bo‘lgan uchrashuv oldidan badantarbiya mashqlarini bajarayotgan Ronaldu “Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Luis Saa, Angliya terma jamoasi sobiq o‘yinchisi Jeymi Rednapp bilan borib so‘rashdi va bu jarayonda Nevillga qo‘l uzatmadi.
Mutaxassis bunga sabab sifatida Gari Nevill yaqinda “Manchester Yunayted” Ronaldu maydonda bo‘lmaganida yaxshiroq o‘ynayapti, degan fikrni ommaviy tarzda aytganini ko‘rsatmoqda.
Nevill va Ronaldu 2003-2009 yillar davomida “Manchester Yunayted” sharafini birga himoya qilgan edi.
Fikrlar