Ronaldu va 12 final (Erkin G‘aybullaev blogi)

  • 10 yanvar, 2020, 15:00
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

 2019 yil 22 dekabrida dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri Krishtianu Ronaldu ketma-ket 13 finalini  yutishi mumkin edi. Lekin Rimning “Latsio”si `bunga yo‘l qo‘ymadi. Italiya superkubogida “Latsio” “Yuventus”ni 3-1 hisobida ma’lubiyatga uchratdi.

Tecno

Keling, bu o‘yingacha bo‘lgan Ronalduning 12 finalini yodga olamiz.

Chempionlar ligasi 2013/2014. “Real” – “Atletiko” 4:1

Ro‘yxatimizdagi ilk final Evropa futbolidagi eng jarangdor finallardan biri. Bu o‘yin hali juda ko‘plab yillar yodga olinadigan dramatik o‘yinlardan biri sifatida qoladi. Diego Simeone Evropaning nufuzli turniri finaliga qadar qiyinchilik bilan etib keldi va yakunda Anchelottidan mag‘lubiyatga uchraydi. Hisobni ochgan ”Atletiko” uni o‘yin yakuniga qadar ushlab qololmadi. Ramos hisobni tenglashtirgach, qo‘shimcha taymlarda “Real” jamoasi 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bugungi qahramonimiz esa 120 daqiqada penaltidan bitta gol urgandi.

UEFA superkubogi 2014. “Real” – “Sevilya” 2:0

Chempionlar ligasi finalidan so‘ng UEFA superkubogi finaliga navbat etdi. Bu o‘yinda uning gollari sovrin yutishga yordam berdi. Emeri jamoasiga 30 va 49 daqiqalarda gol urgan Ronaldu finalning eng yaxshi futbolchisiga aylangan edi.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 2014. “Real” – “San Lorenso” 2:0

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida Madrid jamoasi Argentinaning “San-Lorenso” jamoasini 2:0 hisobida mag‘ubiyatga uchratib sovrinni qo‘lga kiritgan edi. O‘sha uchrashuvda Garet Beyl va Serxio Ramoslar o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishgan edi. Ronaldu o‘sha o‘yinda gol ham urmagandi, golli uzatma ham amalga oshirmagan edi. Lekin o‘yinning asosiy figuralaridan biri edi.

Chempionlar ligasi 2015/2016. “Real” – “Atletiko” 1:1. Penaltilar seriyasi 5:3

Milanda bo‘lib o‘tgan finalda yana ikki qo‘shni bir-biri bilan to‘qnash kelishdi. Bu final ham qiziqarlilik jihatidan o‘tgan galgisidan qolishmadi. Asosiy vaqtdagi gollarni “Real”dan Serxio Ramos va “Atletiko”dan Yannik Ferreyra Karraskolar urdi. O‘zi uchun ajoyib o‘tmagan finaldagi penaltilar seriyasidan hal qiluvchi golni  Ronaldu urgandi. Bu sovrin Ronaldu uchun umumiy hisobda uchinchi va “Real” bilan esa qo‘lga kiritgan ikkinchi Chempionlar ligasi sovrini edi.

Evropa chempionati 2016. Portugaliya – Frantsiya 1:0

Krishtianudagi eng qimmatli sovrinlardan biri bu albatta, Portugaliya bilan qo‘lga kiritilgani edi. Bu uning terma jamoadagi ilk va yagona sovrini edi bu Ronaldu uchun. Bu final juda ko‘p yodga olinadi. O‘sha finalda Ronaldu 25 daqiqada jarohat olib maydonni erta tark etadi. Lekin Ronaldu jarohatiga qaramasdan murabbiy Fernandu Santush bilan birgalikda jamoasini qo‘llab-quvvatlab turadi. Bu esa natija berdi. 109 daqiqada o‘yindagi yagona golni eder urgan edi. Portugaliya uchun chiroyli va Fransiya uchun alamli final edi.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 2016. “Real” – “Kasima Antlers” 4:2

Bu klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining 13 bora o‘tkazilishi edi. Madrid jamoasi o‘sha o‘yinda g‘alaba qozondi. Ularga raqib Yaponiyaning “Kasima Antlers” jamoasi edi. “Real” raqibini 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ronalduning xet-trigi va Benzemaning bitta goli navbatdagi sovrinni qo‘lga kiritishiga yordam berdi.

Chempionlar ligasi 2016/2017. “Yuventus” – “Real” 1:4

Kardiffda bo‘lib o‘tgan final “Real” uchun ketma-ket ikkinchi va Ronaldu uchun umumiy hisobda to‘rtinchi final edi. O‘yin chiroyli gollarga boy bo‘lgandi. Manjukich va Kazemironing gollari, Kuadradoning qizil kartochkasi bilan yodda qolgandi o‘yin. “Rea” ketma-ket sovrinni qo‘lga kiritgan ilk jamoaga aylanadimi, yoki “Yuventus” “Barselona”dan qolgan alamini “Real”dan oladimi? Shu hal bo‘lishi kerak edi. Ronaldu bu o‘yinda dublga erishdi va ketma-ket Chempionlar ligasini qo‘lga kiritgan ilk jamoaga aylandi.

Ispaniya superkubogi 2017. “Barselona” – “Real” 1:3, “Real” – “Barselona” 2:0

Ro‘yxatimizda el-klassiko ham bor. Ikkita o‘yindan iborat qarama-qarshilikda “Real” “Barselona”ni mumiy 5:1 hisobida mag‘ubiyatga uchratdi. “Camp Nou”da bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yinda madridliklar raqiblariga hech qanaqa imkoniyat qoldirmadi. 1:3 hisobidagi g‘alaba bilan keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Bu o‘yinda Ronaldu 80 daqiqada chiroyli gol urdi va 82 daqiqada simulyatsiya tufayli ikkinchi sariq kartochkani oldi va maydonni tark etdi. Javob o‘yinini esa qizil kartochka tufayli o‘tkazib yubordi. Javob o‘yinida ham Madrid jamoasi g‘alabaga erishdi.

UEFA superkubogi 2017. “Real” – “Manchester Yunayted” 2:1

42 bor o‘tkazilgan UEFA kubogida Chempionlar ligasi sovrindori “Real” va Evropa ligasi sovrindori “Manchester Yunayted” bahs olib bordi. “Real” bu o‘yinda g‘alaba qozondi. Ronaldu golli vaziyatlarda ishtirok eta olmagan bo‘lsa-da, uning jamoadoshlari Isko va Kazemiro navbatdagi sovrinni Madrid jamoasiga olib berdi.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 2017. “Real” – “Gremio” 1:0

Krishtianuning uchinchi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati edi. Bu erda ham Ronaldu o‘zini ko‘rsatmasdan qolmadi. 53 daqiqada u tomonidan kiritilgan gol o‘yinda yagona bo‘lib qoldi va faoliyatidagi 10-g‘alabali finali edi.

Chempionlar ligasi 2016/2017. “Real” – “Liverpul” 3:1

O‘yinda hamma narsa yuz berdi: qaychi uslubidagi gol, darvozabon xatosi, Salahning shov-shuvli jarohati. Qahramonimiz esa bu o‘yinda gol ura olmadi. Bu o‘yinda Ronaldu bilan bog‘liq bitta vaziyat yodda qoldi. U o‘zining 16 golini urish uchun raqib darvozasiga yaqinlashayotgan pallada tribunadan bir muxlis yugurib tushib Ronaldu yoniga borgani.

Italiya superkubogi 2018. “Yuventus” – “Milan” 1:0

“Yuventus” futbolkasidagi ilk final. Birinchi bo‘limda raqiblar jiddiy vaziyatlar yaratishmadi va 0:0 hisobida tanaffusga chiqib ketishdi. Ikkinchi bo‘limda esa Ronaldu turinliklarni oldinga olib chiqdi. O‘yin 1:0 hisobida yakunlandi va Ronaldu ketma-ket 12 finalida g‘alaba qozondi.

“Latsio” esa bu ketma-ketlikni uzib qo‘di. Barcha finallarda Ronaldu qaysidir jihati bilan yodda qolayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Shakhzod Prince
10/01/2020 15:07
2004 yildagi euro 2004 final qop ketipti 2008 2009 yil liga chempionov finallari qani